Filippinda shahar hokimi bo‘lgan xitoylik ayol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Filippin sudi mahalliy shahar hokimi bo‘lgan xitoylik ayol va yana yetti kishini odam savdosi ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Bu ma’lumotni davlat prokurori oshkor qildi.

Manila shimolidagi shaharda hokim bo‘lib ishlagan 35 yoshli Elis Go Xitoy fuqarolariga tegishli qimorxonani boshqarish, mahalliy aholi vakillariga nisbatan onlayn firibgarlik faoliyatini yuritish uchun yuzlab odamlarni yollagani aytilyapti.

Prokuror Oliviya Torrevilyas so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil sentyabr oyida Filippindan qochib ketgach, Indoneziyada qo‘lga olingan Go va yana yetti nafar sudlanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.

– Atigi bir yildan so‘ng sud bizga ijobiy hukm chiqarib berdi, – dedi mulozim Manila mintaqaviy sudi oldida. – Elis Go sheriklari bilan birga sudlandi. Jazo – umrbod qamoq.

O‘tgan yil mart oyida jabrlanuvchi, vetnamlik ishchi majmuadan qochib chiqib, politsiyaga xabar bergan. Shundan so‘ng Go bilan bog‘liq yirik majmua, jumladan ofis binolari, hashamatli villalar va ulkan suzish havzasiga maxsus reyd uyushtirildi.

Voqea joyida 700 dan ortiq Filippin, Xitoy, Vetnam, Malayziya, Tayvan, Indoneziya va Ruanda fuqarolariga tegishli, shuningdek Elis binoga egalik qilgan kompaniya prezidenti ekanini tasdiqlovchi hujjatlar topilgan.

Filippin Uyushgan jinoyatchilik komissiyasi vakili jurnalistlarga Go va yana uch jinoyatchi majmuada "odam savdosi uyasini tashkil qilish"da aybdor deb topilganini bildirdi. Qolgan to‘rt kishi "odam savdosi harakatida" ayblangan.

Garchi Go Bamban shahri meri etib saylangan bo‘lsa-da, iyun oyida Manila sudi Xitoy fuqarosi sifatida u dastlab ayni lavozimga nomzodini qo‘yish huquqiga ega emasligi to‘g‘risida qaror chiqargandi.

ABS-CBN telekanali xabarida Go faoliyati bo‘yicha tergov davomida siyosatchilar uning "Filippin emas, balki Xitoy hukumati uchun ishlagan"iga urg‘u bergani ta’kidlangan. Ayni payt "Filippin fuqaroligi ro‘yxatidan o‘tish talabiga rioya qilmagani, immigratsiya va saylov qonunlarini chetlab o‘tgan Xitoy fuqarosi ekani"ni ham da’vo qilgan.

M.Pirmatova, O‘zA

Powered by GSpeech