Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn mamlakatimizga tashrifining to‘rtinchi kunini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligidagi muloqotlardan boshladi.
BMT Maxsus ma’ruzachisi 2021 yil 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiev bilan uchrashdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalqaro maydonda terrorizmga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda. Xalqaro aksilterror koalitsiyalar faoliyatini izchil qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, mamlakatimiz BMT Aksilterror qo‘mitasi va MDH Aksilterror markazi faoliyatida qatnashib keladi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ham bu borada tegishli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan 2020 yilda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi tashkil etilgan bo‘lib, uning qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 01.12.2021
- Ko'rishlar: 2976
- Chop etish