Fraktsiyalar yig'ilishida Konventsiyani ratifikatsiya qilish masalasi ko'rildi

17 may kuni yangi qonun loyihalarini muhokama qilish bo'yicha 5 ta siyosiy partiya (O'zbekiston Ekologik partiyasi, Xalq dekmokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Adolat demokratik partiyasi) fraktsiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Fraktsiyalar majlislarida “Nogironlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyani ratifikatsiya qilish haqidagi (N`yu-York, 2006 yil 13 dekabr`)” O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ham muhokama qilindi.

Ushbu masala yuzasidan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mirzatillo Tillabaev ma'ruza qildi.

Fraktsiyalar yig'ilishida qonun loyihalarini ishlab chiqqan davlat idoralari vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etdi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech