Hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha seminar

O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda OIV infeksiyasi, sil va bezgak kasalliklarining tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni  muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun donor mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha idoralararo ekspert kengashi kotibiyati tomonidan 2021 yil 11–13 noyabr kunlari seminar o‘tkazildi.

Tadbir Idoralararo ekspert kengashi a’zolari bilan davlat, xalqaro, jamoatchilik va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.

Ushbu seminarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimi ham ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi – OIV infeksiyasi va sil kasalligi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tarmoqlararo yondashuv bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.

Shu bilan birga, Idoralararo ekspert kengashi a’zolarining OIV infeksiyasi va sil kasalligi tarqalishiga qarshi kurashishda tarmoqlararo hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish ko‘zda tutildi.

Idoralararo ekspert kengashi seminarida ishtirokchilarga:

  • kasalliklarning epidemiologik holati;
  • OIV infeksiyasi va sil kasalligi tarqalishiga qarshi kurash dasturlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirishning mavjud mexanizmlari;
  • davlat, xalqaro va jamoat tashkilotlarining tarmoqlararo yondashuvining dolzarb masalalari;
  • ushbu kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olish dasturlarida nodavlat va notijorat tashkilotlar, Global fond va boshqa donorlar grantlarini amalga oshirishda ishtirok etish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, seminar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida OIV va sil kasalligining tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo hamkorlikning harakat rejalari ishlab chiqildi.

 

Oydin Ibrohimova

Powered by GSpeech