Kuni kecha “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi: 1996-2021 yillar” nomli kitob chop etildi. Yangi nashr Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligiga bag‘ishlangan.
Kitobning ilk sahifasidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovning tabrigi joy olgan.
Milliy markaz faoliyatiga doir qiziqarli dalil hamda raqamlar kitobxonni befarq qoldirmaydi. Xususan, alohida boblarda o‘tgan davrda Milliy markaz erishgan natijalar, ishchan jamoa hamda milliy va xalqaro hamkorlar haqidagi muhim ma’lumotlar taqdim etilgan.
Sahifalardagi ko‘plab infografikalar ana shu ma’lumotlarni tahlil etishni osonlashtiradi. Rang-barang fotosuratlar esa nashrning mazmun-mohiyatini yanada boyitgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.12.2021
- Ko'rishlar: 3275
- Chop etish