23 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo'yicha parlament komissiyasining BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo mintaqaviy bo'linmasi rahbari Rishar Komenda bilan uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, mazkur Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov Jeneva shahridan onlayn ishtirok etdi.
Uchrashuvdan maqsad – O'zbekistonning BMT Inson huqulari bo'yicha Kengashiga a'zoligi doirasida 2021 yilda birgalikda amalga oshirilishi nazarda tutilgan rejalar va tadbirlarni muhokama qilish, deyiladi parliament.gov.uz sayti xabarida.
Muzokaralar chog'ida R. Komendaga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, inson huquqlarini himoya qilish va ta'minlash sohasidagi islohotlar, O'zbekiston jahon hamjamiyatiga bo'lgan ochiqlik siyosati va Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo'yicha parlament komissiyasining faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ma'lumot uchun: BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo mintaqaviy bo'linmasi rahbari R.Komenda 22 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida ishtirok etishi munosabati bilan tashkil etilgan Xalqaro press-klubning maxsus sessiyasida ham ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ushbu tadbirda Toshkent-Jeneva teleko'prigi orqali BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasi bo'lib o'tayotgan shahar – Shveytsariya poytaxtidan onlayn tarzda qatnashdi va so'zga chiqdi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 24.02.2021
- Ko'rishlar: 4240
- Chop etish