Inson huquqlari ixtisosligi bo'yicha dastlabki dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi

2021 yil 28 iyul kuni O'zbekistan Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi Turgunov Murodjon Tursunbaevich Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistan Respublikasi Milliy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.39/30.11.2020.Yu/S.128.01 raqamli ilmiy kengash yig'ilishida 12.00.13 – Inson huquqlari ixtisosligi bo'yicha «Avesto»da inson huquqlarini o'rganishning metodologik muammolari» mavzuida yuridik fanlar doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

Bu Inson huquqlari ixtisosligi bo'yicha dastlabki himoya bo'lib, fan sohasida yangi sahifani ochdi. Himoya jarayonida mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish masalasi eng qadimgi davrlardan boshlab muhim ahamiyatga ega bo'lganligi va hozirgi kunda ushbu meros inson huquqlari madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'lganligi yetakchi huquqshunos, faylasuf, sotsiolog olimlar tomonidan muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmog'i va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisosligi bo'yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ruyxati»ga 12.00.13 - «Inson huquqlari» ixtisosligi kiritildi. Mazkur ixtisoslik bo'yicha ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog'i sifatida «Yuridik fanlar» va «Sotsiologiya fanlari» belgilandi.

“Inson huquqlari” ixtisosligi bo'yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida yuridik fanlar va sotsiologiya fanlari bo'yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengash tuzildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech