Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Pandemiya sharoitini hisobga olgan holda, onlayn tarzda tashkil etilgan ijodiy muloqot 27 iyun` – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag'ishlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida ta'kidlanganidek, “El-yurtimiz, jamoatchiligimiz matbuot nashrlari, tele-radio kanallar, nashriyot va matbaa korxonalari, Internet saytlari, axborot xizmatlarida o'z vazifasini sidqidildan ado etayotgan zahmatkash jurnalist va blogerlar, noshir va muharrirlar, tarjimon va rassomlar, rejissyor va operatorlar, barcha texnik xodimlarning mashaqqatli mehnatini yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi”.
Prezidentimiz tomonidan 2021 yil 25 iyunda «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida»gi Farmon imzolangani buning yana bir yaqqol tasdig'idir. Farmonga muvofiq, pandemiya tufayli vujudga kelgan murakkab vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan, jamoatchilikka tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni keng va xolis aks ettirish, so'z va matbuot erkinligini rivojlantirish yo'lida o'z professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgan soha fidoyilaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Markazda o'tkazilgan tadbirda ushbu bayramning tarixi va buguni haqida muxtasar so'z yuritildi. Xususan, bir asrdan ziyod vaqt avval, 1906 yil 27 iyunda o'zbek tilidagi ilk gazeta bo'lmish «Taraqqiy»ning birinchi soni olam yuzini ko'rgani qayd etildi. Aynan shu tarixiy sana mustaqil O'zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlana boshlandi.
Bu kasb bayrami so'nggi yillarda yangicha mazmun kasb etdi. Jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, xalq bilan muloqotni yo'lga qo'yish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, davlat organlarining ochiqligi va shaffofligi ta'minlash — mamlakatimiz rivojlanishi strategiyasining ustuvor yo'nalishiga aylandi.
Tadbir yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O'zbekiston hayotining boshqa sohalari qatori inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlarni atroflicha ye?ritishga muntazam e'tibor qaratib kelae?tgan jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildirilib, bayram sovg'alari taqdim etildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.06.2021
- Ko'rishlar: 3860
- Chop etish