21 aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas'ul xodimi Oybek Ahmadov “Inson huquqlari monitoringi va inson huquqlari bo'yicha hisobot protsedurasi” mavzusida mahorat darsi o'tkazdi.
Ma'rifiy tadbir Universitetning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o'qituvchilari Mahmud Mahamatov va Jo'rabek Rasulov tashabbusi bilan tashkil etildi. Mahorat darsida “Ommaviy huquq” fakul`tetining 2-kurs 1 va 3-guruh talabalari ishtirok etdi.
Mashg'ulot davomida talabalarga inson huquqlari sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohot samaralari haqida atroflicha axborot berildi.
Eng muhimi, yoshlar inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar ijrosining xalqaro va milliy monitoringi, inson huquqlari bo'yicha hisobot protsedurasi, mazkur jarayonlarda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining ishtiroki, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar faoliyatiga doir muhim ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 22.04.2021
- Ko'rishlar: 4127
- Chop etish