Karlos URIARTE SANCHES, Parlamentlararo ittifoqning Ispaniyadagi Bosh kotibi:
— Biz Buxoroga keliboq ko'plab hamkasblarimiz, qator delegatsiyalar vakillari bilan muloqotga kirishdik, o'zaro fikr almashdik. Ochig'i, ushbu forumdan ko'p narsani kutayapmiz. Barqaror rivojlanish maqsadlarining hayotga tadbiq etilishi samaralarini O'zbekiston misolida ko'rib, his etib turibmiz. E'tiborlisi, bu jarayonga nafaqat milliy parlament va ijro hokimiyati, balki jamoatchilik, nodavlat hamda yoshlar tashkilotlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Jamiyatda har bir fuqaroning yashashi, o'z iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratib berilayotgan shart-sharoit piorvardida odamlarning o'z turmushidan rozi bo'lishiga olib keladi. Boshqa bir jihatdan esa dolzarb masalalar bo'yicha ochiq muloqot, shaffoflik davlat organlari rahbarlari zimmasidagi mas'uliyatni oshiradi.
Asosiy maqsadimiz parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Toki, Barqaror rivojlanish maqsadlari tezroq ro'yobga chiqsin.
Ma'ruzamda asosiy e'tiborni saylov huquqi masalasiga qarataman. Bu borada yosh saylovchilarning ushbu muhim siyosiy jarayonga ongli yondashuvi juda muhim.
Manba: senat.uz
- Qo'shildi: 23.06.2021
- Ko'rishlar: 4327
- Chop etish