“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga o‘zgartirishlar Milliy markaz jamoasi muhokamasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni taqdim etilgan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surar ekan, ushbu amaliy taklifni har tomonlama chuqur tahlil va qat’iy isbot qilib bergani juda muhim ahamiyat kasb etdi. Aslida ham, davlatimiz rahbari so‘zlari bilan aytganda, bundan ikki yil oldin ushbu strategiyani qabul qilganimizda yalpi ichki mahsulot hajmini 2030 yilgacha 160 milliard dollarga yetkazish belgilab olingandi.
Shu qisqa davrda yurtimizda amalga oshirilgan shiddatli yangilanishlar, bunyodkor xalqimizning yaratuvchanlik mehnati evaziga turli sohalarda ko‘plab salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. Binobarin, mavjud salohiyatimiz, bugungi islohotlarimiz, tadbirkorlarimizning faolligi, xorijiy sheriklarimiz bilan hamkorligimiz o‘sib borayotgani hisobiga bu marraga 2026 yilning o‘zida bemalol erisha olishimiz ayon bo‘lib turibdi.
Ayni vaqtda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga jamoatchilik muhokamasi asosida o‘zgartirishlar kiritish maqsadida hujjatning yangilangan loyihasi Internetdagi tegishli saytlarda e’lon qilingan. Yurtimizning barcha fuqarolari qatori Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari ham mazkur Strategiya va 2026 yilgi Davlat dasturi loyihalari muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z tashkiloti, mahallasi hamda mamlakatimiz kelajagiga daxldor takliflarini bildirdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский