Parlament a’zolari va ziyolilar bilan uchrashuv

«Chinobod Plaza» sihatgohida «Mening Prezidentim» tanlovi respublika bosqichining 45 nafar ishtirokchisi Parlament a’zo­lari va ziyolilar bilan uchrashdi.

 

Muloqot asnosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov yoshlarga «Yangi O‘zbekiston me’mori» mavzusida ma’ruza qildi. Yangi O‘zbekistonning bosh islohotchisi bo‘lgan Yurtboshimiz rahnamoligida yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligi oshayotgani, ijodiy tanlovlarning kelajakda ular uchun ahamiyatli tomonlari atroflicha tahlil qilindi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatovning «Yangi O‘zbekiston ma’naviy taraqqiyot konsepsiyasi» mavzusidagi ma’ruzasi esa katnashchilarga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Muloqotda, shuningdek, iqtidorli yoshlar bilan ishlab, ularga ta’lim-tar­biya berib kelayotgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitet kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor Mukimjon Sirtizboev ham qatnashdi. Olim «Yangi O‘zbekistonda milliy va umuminsoniy kadriyatlar uyg‘unligi» yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ishtirokchilar bilan savol-javob uyushtirgan bo‘lsa, Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, senator Rustam Kalonov «Nuroniylar e’zozlangan yurt» mavzusidagi ma’ruzasi orkali yoshlar bilan o‘zaro fikr almashdi.

Tanaffusdan so‘ng Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev «Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida» mavzuida so‘z yuritdi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tub burilishlar sodir bo‘lgani, amalga oshirilayotgan islohotlarga befark bo‘lmaslik, Vatan taqdiri, bu - barchamizning taqdirimiz ekaniga urg‘u berildi.

– Qalbi oq qog‘ozdek tiniq yoshlarimizning shijoati kishini quvontiradi, –  deydi  Ta’lim  va  fan  xodimlari  kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi  o‘rinbosari,  Komissiya  hamda  Hakamlar hay’ati raisi, yuridik fanlari doktori,  professor  Shuhrat  Jalilov.  –  Bugungi  muloqotda  ziyolilarimiz  yoshlarga  yurtimizda  davlatimiz rahbari  boshchiligida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  haqida  so‘zlab,  ona

Vatanga  munosib  farzand  bo‘lish  uchun muttasil  o‘qib-o‘rganish  lozimligini  ta’kidlashdi. Ha, bugungi o‘quvchi, ertaga davlat  arbobi,  olim,  akademik.  Ularning  ko‘zlaridagi  o‘t  bundan  darak  berib turibdi.

Uchrashuvda  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  deputati,  yozuvchi  Xurshid  Do‘stmuhammad  yoshlar  bilan  «Kitobxonlik  madaniyati  va  barkamol  inson tarbiyasi» mavzusida suhbat qildi.

Yozuvchi  dunyoni,  o‘zlikni  bilish,  inson barkamolligiga to‘xtalib, chekka qishloq yoshlari  ichida  400  ta  kitob  o‘qiganlar ham  borligini  ko‘rib,  ko‘zlari  yoshlanganini aytdi, o‘quvchilar bilan ular tilida suhbatlashdi.

Muloqot yakunida Ma’naviyat va ma’rifat  markazi  xodimi,  falsafa  fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova «Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli»,  Yoshlar  ishlari  agentligi  direktori,  senator  Alisher  Sa’dullaev «Yoshlar  –  Yangi  O‘zbekiston  bunyodkori» mavzularida so‘z yuritishdi.

Muloqot uchinchi renessans bunyodkorlari respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Shahlo

ABDURAHMONOVA,

«Ishonch»

Powered by GSpeech