25 dekabr kuni Toshkentda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakat rejasi loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ushbu jamoatchilik muhokamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi moliyaviy ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar muammolari bilan shug‘ullanadigan 30 dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti faollari ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 27.12.2021
- Ko'rishlar: 3133
- Chop etish