Yodi hamisha yodda

Joriy yilning 24 dekabrm kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi Kabir Komilovning 110 yilligi munosabati bilan shu mavzuda xotira tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu xotira uchrashuvini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshqardi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, taniqli huquqshunos olim, davlat va jamoat arbobi Kabir Komilov 1935-1939 yillarda Toshkent yuridik institutida o‘qigach, turli yuqori lavozimlarda ishlagan. Xususan, 1944-1947 yillarda O‘zbekiston SSR Adliya vaziri, 1947-1950 yillarda esa respublika Oliy sudining raisi bo‘lgan.

Shuningdek, u ilm-fan tizimida ham samarali faoliyat olib borgan. Jumladan, 1951-1958 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Huquq bo‘limida katta ilmiy xodim, 1960-1966 yillarda Fanlar akademiyasi  Prezidiumida ilmiy kotib muovini va boshqa vazifalarda uzoq yillar ishlagan.

Xalqimizning jonkuyar farzandi tavalludining qutlug‘ sanasi munosabati bilan olimning shaxsiyati va faoliyatida mujassam bo‘lgan noyob fazilat va xislatlari yana bir bor  yodga olindi. Kabir Komilov kabi yurtimiz sud-huquq tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustoz huquqshunoslarning xotirasini abadiylashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech