Ilmiy xodimlarni tayyorlash yo‘lidagi hamkorlik

  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi va  Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar doirasida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

  Gibrid shaklda (onlayn va offlayn) o‘tkazilgan mazkur idoralararo tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda magistratura tinglovchilari ishtirok etdi.

  Unda Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov “Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari” mavzusida ma’ruza qildi.

  Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi doktorantura  doktoranti  F. Xamdamova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tayanch doktorantura doktorantlari  N.Mansurova,  Sh.Xudayberdieva,  Sh.Salieva, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mustaqil izlanuvchilari  J.Yusupov, A.Arzievlar ilmiy seminarda o‘zlarini ilmiy- tadqiqot ishlaridagi mavzularidan kelib chiqgan holda savollar berib javoblar va  qo‘shimcha malumotlarga ham ega bo‘lishdi. Seminar ochiq muloqot shaklida o‘tdi.

 Uchrashuv yakunida ilmiy seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazishga hamda idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech