O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakillari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi
Unda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xorijdagi diplomatik vakillar uchun qator dolzarb mavzularda ochiq muloqot, trening, bahs-munozaralar tashkil etildi.
Shuningdek, o‘quv kursi davomida xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar, yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonda kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirishga oid islohotlar, davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini oshirish borasida “El-yurt umidi" jamg‘armasi oldida turgan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Manba: «Yangi O'zbekiston — yangicha dunyoqarash» | Rasmiy kanal
- Qo'shildi: 05.01.2022
- Ko'rishlar: 2788
- Chop etish