“O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda.

Ta’kidlanganidek, mazkur hujjat bilan  O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik haqidagi 991-moddasiga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan zararning to‘la hajmda to‘lanishi belgilanmoqda.

 Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 1021-moddasi ikkinchi qismiga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasija yetkazilgan ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar qoplanishi haqidagi normani kiritish taklif etilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Manba: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Telegram kanali

 

Powered by GSpeech