Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi muassisligidagi “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali “Eng dolzarb ilmiy maqolalar” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ilmiy asosda yorituvchi tahliliy maqolalarni keng jamoatchilikka yetkazish, inson huquqlari sohasida mavjud muammolarni ilmiy asosda o‘rganish va ularga nazariy hamda amaliy yechimlar taklif etilishini qo‘llab-quvvatlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, inson huquqlari sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Unda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalida belgilangan talablarga muvofiq ilmiy maqola yozgan barcha mualliflar ishtirok etishi mumkin. Tanlov g‘oliblari jurnalda e’lon qilingan maqolalar orasidan saralab olinadi va 1 nafardan jami 3 nafar o‘zbek, rus va ingliz tilidagi eng dolzarb ilmiy maqola mualliflari aniqlanadi. Maqolalar Tanlov hay’ati a’zolari tomonidan baholanadi.
Ilmiy maqolani baholash mezonlari:
- mavzuning chuqur asoslangani, ilmiy jihatdan dolzarb, yangi va amaliy ahamiyatga ega ekani;
- mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning tahliliy yoritilishi;
- muammoning aniq ko‘rsatilgani va uni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar, takliflar ishlab chiqilgani;
- havolalardan o‘rinli foydalanilgani.
Tanlov natijalari 2022 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida e’lon qilinadi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
- Qo'shildi: 18.01.2022
- Ko'rishlar: 3354
- Chop etish