Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida 2021 yilning IV choragi sarhisoblariga asosan “Eng yaxshi xodim” aniqlandi.
Mehnat faoliyati davomida ko‘rsatgan samarali natijalari, ijro intizomi, mas’uliyati va halolligi uchun “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va bosma nashrlarning elektron shakli xizmati bo‘limi boshlig‘i Azamat Jumaniyazov ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Joriy yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash tadbirida Azamat Jumaniyazovga tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov topshirdi.
Hamkasbimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi samarali faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz!
Eslatib o‘tamiz, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining 2021 yil 10 sentyabrdagi buyrug‘i bilan har chorakda Milliy markazning eng yaxshi xodimini aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarni halol mehnati uchun rag‘batlantirish orqali ish samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlashdan iborat.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.01.2022
- Ko'rishlar: 2739
- Chop etish