2022 yil 14 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Global Partners Governance Foundation (GPGF) eksperti, Buyuk Britaniya Lordlar palatasining a’zosi baronessa Elison Satti bilan uchrashdi.
Tadbirda GPG fondining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi loyihalari bo‘yicha rahbari Zafran Iqbol, GPG fondining Buyuk Britaniyadagi vakili Eylin Uoker va shu Fondning O‘zbekistondagi vakili Hayotillo Ismoilov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, yaqinda bo‘lib o‘tadigan “Pandemiyadan so‘ng: yoshlar uchun huquq va imkoniyatlar” mavzusidagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya forumining tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu nuqtai nazardan, pandemiya yoshlarga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlarning oldini olish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar va amaliy hamkorlikni mustahkamlash hamda yanada rivojlantirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani o‘z tasdig‘ini topdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 14.02.2022
- Ko'rishlar: 2924
- Chop etish