Rossiya qonunchiligi va hayot tarzi: tarix va bugun

2022 yil 16 fevral kuni Moskvada shu mavzuda xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir atoqli huquqshunos va rus qonunshunosligi islohotchisi Mixail Speranskiy tavalludining 250 yilligiga bag‘ishlandi.

Anjumanda M.Speranskiy sa’y-harakatlari bilan rus yurisprudensiyasini yuksaltirish borasida erishilgan yutuqlar hamda mashhur huquqshunosning hayot yo‘li va ilmiy faoliyati haqida so‘z bordi. Rossiya qonunchiligi rivojining hozirgi zamon tendensiyalari, huquqning jamiyat va inson hayotiga ta’siri bilan bog‘liq muhim omillar ham keng muhokama qilindi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov onlayn tarzda ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

Akademik A.Saidov dastavval dunyo huquqshunosligi tajribasida yangi davlatchilik huquqiy tizimining tutgan o‘rni to‘g‘risida fikr yuritdi. Yangi O‘zbekiston qonun ijodkorligi istiqbollari va mamlakatimiz Taraqqiyot strategiyasida inson huquqlarini rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor vazifalarning mohiyati hamda ahamiyati haqida atroflicha to‘xtaldi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech