Nogironlik muammolari bo‘yicha Global sammitda O‘zbekiston vakillari qatnashmoqda

2022 yil 16 fevral kuni Nogironlik muammolari bo‘yicha ikkinchi Global sammit (GDS22) o‘z ishini boshladi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq sharoitlarni hisobga olgan holda, ikki kunlik ushbu anjuman onlayn shaklda bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro tadbir Norvegiya va Gana hukumatlari hamda Nogironlik muammolari bo‘yicha xalqaro alyans (IDA) tomonidan tashkil etildi. Unda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, davlat boshliqlari va hukumat rahbarlari, aloqador vazirlik va tashkilotlar mutasaddilari, xususiy sektor vakillari va fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etmoqda.

Global sammitda, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, imkoniyati cheklangan insonlar hayotida aniq va amaliy o‘zgarishlar yuz berishiga xizmat qiladigan inklyuziv taraqqiyot talablarni tatbiq etish istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Xalqaro anjumanda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari onlayn tarzda qatnashmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech