2022 yil 21 fevral kuni Turkiya Respublikasi Ombudsmani Sheref Malkoch tashabbusi bilan Turkiy davlatlar inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari vakillarining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiy davlatlar Ombudsmanlari va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari assotsiatsiyasini tuzishga doir masalalar muhokama qilindi.
Onlayn muloqotda Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston Ombudsmanlari va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili ishtirok etdi.
Uchrashuvda Turkiy davlatlar Ombudsmanlari va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari assotsiatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjatlarni tayyorlash hamda imzolash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Yangi Assotsiatsiya Turkiy davlatlar inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlariga ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolar huquqlarini ta’minlash sohasidagi masalalarni hal etishga ko‘maklashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 21.02.2022
- Ko'rishlar: 2827
- Chop etish