Terrorizm va inson huquqlari: Akmal Saidovning shu mavzudagi maqolasi YeXHT hujjati sifatida tarqatildi

2022 yil 3-4 mart kunlari Toshkent shahrida “BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi” mavzuida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya g‘oyat muhim va dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu global anjuman mintaqa mamlakatlari va jahon hamjamiyati sa’y-harakatlarini terrorizmga qarshi hamjihatlik bilan kurashish uchun birlashish hamda faollashishga da’vat etishga qaratilgan.

Akmal Saidovning “Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini ta’minlash” sarlavhali maqolasida shu haqda fikr yuritilgan. Ushbu maqola kuni kecha Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

Maqola, shuningdek, Avstriya, Qatar singari bir qator xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida ingliz, rus va arab tillarida e’lon qilindi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech