Terrorizmga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi

2022 yil 3 mart kuni Toshkent shahrida “BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaatnomasi o‘qib eshittirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Toshkent xalqaro anjumani qatnashchilariga videomurojaati namoyish etildi.

Xalqaro konferensiyada nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, hamkor davlatlar va hukumatlar namoyandalari, fuqarolik jamiyati faollari, milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda Inson huquqlari bo‘yichaO‘zbekiston  Respublikasi Milliy markazi vakillari ham qatnashmoqda.

Ikki kunlik global anjuman tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, BMT Aksilterror boshqarmasi, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hisoblanadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech