Milliy markazda BMT Boshqarmasi vakili bilan uchrashuv bo‘ldi

2022 yil 4 mart kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Xans Fridrix Shodder bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Milliy markaz bilan BMT Boshqarmasi o‘rtasida 2022 yilda amalga oshiriladigan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xans Fridrix Shodder amaliy hamkorlikka shayligini ma’lum qildi. BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi vakilining qayd etishicha, har ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari fuqaroligi yo‘q shaxslar va qochoqlar huquqlari ta’minlanishi hamda himoya qilinishi nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi.

Muloqot asnosida Xans Fridrix Shodder keyingi yillarda O‘zbekiston taraqqiyot sohasida erishgan natijalarni yuqori baholadi. BMT Boshqarmasi vakili mamlakatimizni bundan so‘ng ham qo‘llab-quvatlashga tayyorligini bildirdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech