Sizlarni bahor va go‘zallik ayyomi 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Xalq manfaatlari, inson qadri va huquqlari ustuvor bo‘lgan jonajon Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan Sizdek oqila va zukko muhtarama yurtdoshlarimizga chuqur hurmat-ehtiromi va samimiy tilaklarimizni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Eng avvalo, Sizlarga va oila a’zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik tilaymiz. Xonadoningiz ko‘klamdek ko‘rkli va fayzli bo‘lsin. Hayotingizni baxt va quvonch gullari munavvar etsin. Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan aslo tolmang.
Donishmandlik va zehn, joziba va mehr doimiy hamrohingiz bo‘lishini tilaymiz.
Kamoli ehtirom ila,
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 07.03.2022
- Ko'rishlar: 3179
- Chop etish