Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi Janubiy Koreya ommaviy axborot vositasi diqqat markazida

SЕUL, 4-mart. /«Dunyo» AA/. Janubiy Koreyada nashr etiladigan «The Korea Post» jurnali sahifasida  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidovning 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.

Muallif yozganidek, inson huquqlarini ta’minlamasdan turib davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-gumanitar rivojlanishini ta’minlash g‘ayri imkon. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuskorligida yaqin 5 yil davomida mamlakatni rivojlantirishning 7 ustuvor yo‘nalishi asosidagi O‘zbekistonni rivojlantirishning kompleks va yuksak maqsadlarni ko‘zlagan yangi strategiyasi ishlab chiqildi.

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi strategiyasi "inson – jamiyat – davlat" degan yangi tamoyil asosida milliy taraqqiyotning istiqbolli bosqichini boshlab beradi. Shu maqsadda yangi islohotlarni amalga oshirish ob’ektiv zarurat, katta strategik vazifa bo‘ldi.

Maqolada ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari sohasida umume’tirof etilgan me’yorlarga qat’iy rioya etgan holda izchil rivojlanib borayotgan, xalqaro hamjamiyat bilan do‘stlik va hamkorlik tamoyillariga tayanish asnosida dadil odimlayotgan, xalqi uchun erkin, qulay va farovon hayot barpo etishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan".

Powered by GSpeech