Qiynoqdan jabrlanganlarga zararni qoplash tartibini takomillashtirish masalasi – senatorlar e’tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 17 mart kuni chaqiriladigan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinadi.

Joriy yil 10 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida shu haqda so‘z bordi.

Videokonferensaloqa shaklida ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlis doirasida, shuningdek,  “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi, “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, “Inson a’zolari va to‘qimalarining  transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ham eshitadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech