Joriy yilning 18-19 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A. Saidov Parlamentlararo ittifoqi (PAI) Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida onlayn formatda ishtirok etdi.
Unda Parlamentlararo ittifoqning moliyaviy faoliyati, tashkilotning kommunikatsiya strategiyasi, PAI kotibiyatining faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ma’ruzalar eshitildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Parlamentlararo ittifoq prezidentining hisoboti hamda PAIning 144-sessiyasi muhokamasi kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
- Qo'shildi: 24.03.2022
- Ko'rishlar: 3277
- Chop etish