Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan birinchi Xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kuni o‘z ishini boshladi.
Ayni payt «Islohotlar o‘tkazishda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash» mavzusida davra suhbati, «Markaziy Osiyoning investitsiya salohiyati», “Qishloq xo‘jaligi sanoati uchun yangilangan ishlab chiqarish va yangi bozorlar” mavzularida panel munozarasi bo‘lib o‘tmoqda.
- 2013 yildan beri O‘zbekiston infrastrukturasini takomillashtirishga hissa qo‘shib kelayotganimizdan xursandmiz, - deydi “China Railway Group Limeted” Markaziy-g‘arbiy Osiyo kompaniyasi bosh menejeri Ding Lei. – bugungi kunda Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida barcha sohalarda samarali hamkorlik o‘rnatilgan.
Ishonch bilan ayta olamanki, mamlakatingizni yanada taraqqiy ettirish uchun yana ko‘plab xitoylik ishbilarmon investorlar sarmoya kiritadi. Buni delegatsiyalarning O‘zbekistonga nisbatan yuksak ishonchidan ham bilsa bo‘ladi.
Go‘zal Sattorova, O‘zA
- Qo'shildi: 25.03.2022
- Ko'rishlar: 2616
- Chop etish