Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz

Milliy gvardiya Toshkent shahar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchisi Baxtiyor Xibziddinovga, 1-darajali Diplom va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 30 million soʻmdan pul mukofoti topshirildi.

 

Temurbeklar maktablari va “Yosh chegarachi” harbiy-akademik litseyl oʻquvchilarining, “Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz” ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichi, Toshkent shahrida tashkil etildi.

Tanlovda bosqich Temurbeklar maktablari va “Yosh chegarachi” harbiy-akademik litseylarining 1 va 2 kurslaridan 33 nafar oʻquvchilar oʻrtasida qizgʻin bellashuvlarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.
“Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz” ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan barcha oʻquvchilarga Prezident sovgʻasi noutbuk va kitoblar toʻplami topshirildi.

Ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha ham baholanib, unda Milliy gvardiya Toshkent shahar “Temurbeklar maktabi”ning 1 kurs oʻquvchisi Sharipov Ibratbek Xushnud oʻgʻli “Siyosiy savodxonligi uchun” nominatsiyasi gʻolibi hamda 2 kurs oʻquvchisi Jamoliddinov Firdavs Doniyor oʻgʻli “Faol siyosiy qarashlari uchun” nominatsiya gʻolibi deb topildi.

Faxrli birinchi oʻrin 1-kurs oʻquvchilari oʻrtasida yaʼni mutloq gʻoliblik, Milliy gvardiya Toshkent shahar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchisi Baxtiyor Xibziddinovga, nasib etdi. Unga 1-darajali Diplom va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 30 million soʻmdan pul mukofoti topshirildi.

Tanlov soʻngida, Milliy gvardiya qoʻmondonligi va shaxsiy tarkibi, “Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz” ijodiy ishlar tanlovida Milliy gvardiya Toshkent shahar “Temurbeklar maktabi” sharafini munosib himoya qilib, faol ishtirok etgan va gʻolibliklikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni zafarli qadamlari bilan samimiy muborakbod etdi.

Gulichehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri

Powered by GSpeech