— Dunyoda ilg‘or texnologik ishlanmalar jadal rivojlanayotir. Bugun Toshkentdagi texnopark faoliyati bilan tanishar ekanmiz, O‘zbekistonda ham ana shu jarayonga guvoh bo‘ldik, — deydi Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat. — Bu yerda maishiy va tijorat muzlatkichlari, liftlar, boshqa sanoat hamda qurilish mahsulotlari mukammal dasturiy ta’minot texnologiyalari asosida ishlab chiqarilayotgani quvontirdi.
— Texnoparkda haqiqiy ma’nodagi yangi O‘zbekiston islohotlarini ko‘rdim. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy liftlar, maishiy texnikalar tahsinga loyiq, — deydi Xitoyning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan. — To‘rt yil oldin men elchi bo‘lib kelgan vaqtda O‘zbekistonda bunday katta ishlab chiqarish quvvatlari bo‘lishini ko‘z oldimizga keltirish qiyin edi.
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi, 2022 yil 6 aprel
- Qo'shildi: 06.04.2022
- Ko'rishlar: 2596
- Chop etish