Milliy markazda “Freedom Now” tashkiloti rahbari bilan uchrashuv bo‘ldi

2022 yil 8 aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining o‘rinbosari D.Muratova “Freedom Now” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti direktori M.Tyorner bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Freedom Now” tashkilotining Yevroosiyo bo‘yicha loyihalari muvofiqlashtiruvchisi T.Chanturiya, O‘zbekiston tomonidan – Milliy markazning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i G.Nazarova ishtirok etdi.

Xorijiy mehmonlarning tashrifidan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston hukumati tomonidan inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganishdir.

“Freedom Now” vakillari bilan muloqot asnosida keyingi yillarda mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish sohasida yuz bergan o‘zgarishlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.

 Mehmonlarga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining bajarilishi yuzasidan axborot taqdim etildi. Suhbat davomida O‘zbekiston bilan BMTning ustav va shartnoma organlari, shuningdek BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi o‘rtasidagi hamkorlik  samaralari haqida ham atroflicha fikr yuritildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech