«Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobi – xalq bilan muloqotlar mevasi

Yaqinda «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» va ma’naviyat: jamoatchilik nigohida» mavzusida tashkil etilgan ilmiy-ma’rifiy anjumanda  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov so‘zga chiqdi, deyiladi http://oyina.uz xabarida.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobi va undan ma’naviyatchilar uchun kelib chiqadigan vazifalar, sohada nimalar amalga oshirilishi lozimligini muhokama qilib olishimiz kerak. Shu bois bugungi anjuman dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Birinchi o‘rinda shu narsani ta’kidlar edimki, davlatimiz rahbarining «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobi Prezidentimiz shu lavozimga kirishgandan keyingi yozgan birinchi fundamental asaridir. Bu kitobda davlatimiz rahbarining har tomonlama o‘ylangan fikrlari, xalq bilan muloqotlari, dardlari mujassam, dedi A.Saidov.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech