“Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”.
Ushbu fikrlarni Prezidentimiz ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha 2021 yil 19 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirdi. Davlatimiz rahbari mazkur yig‘ilishda so‘zlagan nutqning mazmun-mohiyati va ahamiyati keyinchalik “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida yanada yaqqol o‘z aksini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovning 2022 yil 16 aprel kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida talaba va o‘quvchi yoshlar yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shu haqda so‘z bordi.
Tadbirda G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik Qalandar Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdig‘ani Umirov ishtirok etdi.
Qashqadaryolik navqiron faollarga Yoshlar markazi kutubxonasini mazmunan va hajman yanada boytish yuzasidan amaliy takliflar berildi. Taniqli olim va adib Poyon Ravshanovning ijodiy asarlari burchagi tashkil qilingani ibratli tashabbus sifatida e’tirof etildi.
Viloyatning boshqa mashhur olimlari, adiblari va jurnalistlarining ham xuddi shunday ijodiy burchaklarini tashkil etish hisobiga kutubxona fondini muntazam to‘ldirib borish tavsiya etildi. Bu yerda akademik Qalandar Abdurahmonovning ijodiy asarlari burchagiga asos solindi.
Yoshlar markazi kutubxonasiga akademiklar A.Saidov va Q.Abdurahmonovning yangi kitoblari taqdim etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 18.04.2022
- Ko'rishlar: 3212
- Chop etish