Ayni vaqtda prezident joylardagi hokimlarni hukmron emas, lider, menejer sifatida ko‘rishni istamoqda. Oliyjanoblik kutilmoqda. Ular tomonidan qilinayotgan har qanday tashabbus qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shahrisabzda ham shunday hokim bor ekan. U va uning jamoasi ezgu ishga qo‘l urdi. Shahrisabz shahrida yirik kutubxona o‘quvchilarni qabul qilish uchun tantanali ravishda topshirildi. Ziyo tarqalishiga hissa qo‘shayotgan rahbarlardan soliq to‘lovchilar ham xursand bo‘ladi.
- Qo'shildi: 25.04.2022
- Ko'rishlar: 2626
- Chop etish