Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim xotirasi yod etildi

Muzeylar – xalq tarixining ko‘zgusi. Shunday go‘zal ko‘zgulardan biri 2017 yili Jizzax shahrida qad ko‘targan bo‘lib, unda o‘zbek adabiyotining atoqli adibi va shoiri Hamid Olimjon hamda Zulfiyaning abadiy xotirasi jam bo‘lgan.

Bu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan atoqli va iste’dodli adiblarimiz Hamid Olimjon va Zulfiyaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Jizzax shahrida ochilgan muzey haqida so‘z bormoqda. Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi 1902 yilda qurilgan hamda bundan besh yil ilgari rekonstruksiya qilingan “Xo‘ja Nuriddin” madrasasida tashkil etilgan.

Muzey binosi oldidadagi ko‘rkam maydonda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim yangi yozgan she’rlarini bir-birlariga o‘qib berayotgani tasvirlangan muhtasham haykal qad rostlagan.

2022 yil 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori akademik Qalandar Abdurahmonov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘rol O‘rozboev ushbu yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Tadbirda poytaxtlik mehmonlarga Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov hamrohlik qildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Jizzax haqiqati №34-son

«Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech