2022 yil 12 may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi Saxipjamal Djoldasovaning "O‘zbekistonda migratsiya sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish" mavzusidagi dissertatsiyaci muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadqiqot ishi IIV Akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoya uchun qabul qilingan. Dissertatsiya "12.00.02-Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi" ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi S.Djoldasovaning dissertatsiyasi yuzasidan yetakchi tashkilot etib belgilangan. Muhokamada Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 13.05.2022
- Ko'rishlar: 2673
- Chop etish