Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining 19 - Doimiy sessiyasi doirasida “Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirishda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning roli” mavzusidagi xalqaro seminarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatillo Tillabaev so‘zga chiqdi

Joriy yilning 24 may kuni “Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirishda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning roli” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro seminarning tematik 6 - uchrashuvi davomida IHT IHMDK a’zolari hamda IHTga a’zo davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari vakillari inson huquqlari sohasidagi taklif va maqsadlari bilan  ma’ruza qildilar.

Tadbir davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatillo Tillabaevga so‘z berildi.

M.Tillabaev o‘z nutqida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida Markazning bugungi kundagi tizimli faoliyati va mamlakatdagi amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, inson xuquqlari sohasida qabul qilingan yangi qonunlar, inson huquqlari ta’limi yo‘nalishida O‘zbekiston tajribasi hamda mazkur tadbir tematikasidan kelib chiqqan holda bir qator takliflar bildirdi.

Xususan, 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan inson huquqlari bo‘yicha maqsad va vazifalari haqida tadbir ishtirokchilari tanishtirildi.

Shuningdek, joriy yil oktyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha Global forumiga Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi tomonidan qatta qiziqish bildirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi

Powered by GSpeech