2022 yil 1 iyun kuni Toshkent shahrida mamlakatimiz penitensiar muassasalari xodimlari uchun shu mavzuda uch kunlik trening boshlandi.
Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
O‘quv mashg‘ulotlari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va YeXHTning O‘zbekiston Respublikasidagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisining “O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Treningdan maqsad – ozodlikdan mahrum etish joylarida gender zo‘ravonlikka barham berish sohasidagi xalqaro standartlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh departamenti tizimidagi penitensiar muassasalar xodimlarining xabardorligini oshirishdan iborat.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 01.06.2022
- Ko'rishlar: 3535
- Chop etish