Mehmonlar Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.
Muharrem Qilich jahon ilm-fani, madaniyati, muqaddas islom dinining buyuk namoyandalari yurtiga kelganidan xursand ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahrida “Inson huquqlari sohasida ta’lim: O‘zbekiston - Turkiya tajribasi” mavzusidagi davra suhbati doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Samarqand yangiliklari kanali
- Qo'shildi: 09.06.2022
- Ko'rishlar: 3134
- Chop etish