Afg‘oniston bo‘yicha Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya xorijiy ekspertlar nigohida:
Aleksandr Knyazev (Rossiya):
Bu konferensiyaning avvalgilaridan tub farqi shundaki, uning kun tartibi to‘liq iqtisodiyotga asoslangan. Xavfsizlik masalalari, aytib o‘tilgan bo‘lsada, ikkinchi darajada edi. Avvalgi barcha konferensiyalar, jumladan, Moskvadagi konferensiyalar xavfsizlik, siyosat, inklyuziv hukumat va ayollar huquqlariga bag‘ishlangan edi.
Bu ijobiy signal, chunki Afg‘onistondagi vaziyatga boshqa prizma orqali, iqtisodiy rivojlanish va gumanitar inqirozni tuzatish nuqtai nazaridan qarala boshlandi.
Azamat Osmonov (Qirg‘iziston):
Toshkentning janubiy qo‘shnisiga qiziqishi ko‘p jihatdan nafaqat siyosiy va xavfsizlik masalalari, balki ko‘p jihatdan iqtisodiy loyihalar bilan ham belgilanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston mintaqada mini-Xitoy rolini o‘ynamoqda. Mamlakat hayot uchun deyarli hamma narsani ishlab chiqaradi. Unda avtomobilsozlik, kimyo, yengil sanoat, farmasevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yevropa, Rossiya bilan savdo aloqalari mavjud, Afg‘oniston uchun esa mamlakat xabga aylanishi mumkin – Termiz shahri buning uchun juda qulay.
Frederik Starr (AQSh):
Konferensiya xalqaro jamoatchilik tomonidan O‘zbekistonning yangilangan mintaqaviy tashqi siyosati yutuqlarini e’tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston diplomatiyasining faolligi va amaliy sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllandi, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari oshib, barcha darajadagi aloqalar kengaymoqda, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotir.
Rashid Vali Janjua (Pokiston):
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasining o‘tkazilishi ushbu mamlakatning xalqaro iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvini ta’minlash va mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ham katta e’tiborga molikdir. Bunda Afg‘onistonga qo‘shni davlat bo‘lgan O‘zbekistonning yordami beqiyos bo‘lmoqda.
Arkadiy Dubnov (Rossiya):
Bugun o‘zbeklar Kiplingni yaxshigina masxara qilishdi. Afg‘oniston bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tgan yirik anjumanida Sharq va G‘arb birlashdi...
- Qo'shildi: 28.07.2022
- Ko'rishlar: 5465
- Chop etish