Odam savdosiga qarshi kurash: O‘zbekiston va Ozarbayjon tajribasi

2022 yil 28 iyul kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Ozarbayjon delegatsiyasi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda odam savdosiga qarshi kurash mavzusida so‘z bordi.

Muloqotda Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Odam savdosiga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i Samir Garaev, mazkur Bosh boshqarmaning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha katta tezkor xodimi Elshad Mammadli, Ozarbayjon Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Ijtimoiy xizmatlar agentligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sara Ag‘aeva, Ozarbayjon Davlat migratsiya xizmati Huquqiy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Nizami Guliev, “TAMAS” nodavlat notijorat tashkiloti hamraislari Kubra Alakbarova va Sudaba Mammadova, “Toza dunyo” NNT rahbari Mehriban Zeynalova, “Ozarbayjon bolalari” NNT rahbari Kamala Ag‘aeva, “Ayollar tashabbusi va ijtimoiy muammolar yechimiga ko‘maklashish” NNT hamraisi Gunel Alakbarova ishtirok etdi.

Tadbirni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatilla Tillaboev ochar ekan, ayni sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ibratli ishlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

Mehmonlar O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish sohasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish va o‘zaro tajriba almashishga qulay imkoniyat yaratilgani uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Uchrashuvda bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish va bunday noxush voqealarning oldini olish global ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Bu borada davlatlararo  miqyosda va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro mustahkam hamkorlik o‘rnatish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Odam savdosiga qarshi kurash masalasining xalqaro huquq va milliy qonunchilik normalarida qonuniy tartibga solinishi holati tahlil etildi. Ushbu yo‘nalishda  O‘zbekiston  va Ozarbayjon tajribasi shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali vositalari ishlab chiqilgani bilan alohida ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

 

 

Powered by GSpeech