Kunning birinchi yarmida mehmonlar “Buyuk ipak yo’li” xalqaro turizm markazida bo’lib, markazdan o’rin olgan “Boqiy shahar” majmuasi bilan yaqindan tanishdi.
Qadimiy va navqiron Samarqand bag’rida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulug’vor me’moriy majmua barchada o’zgacha taassurot qoldirdi.
Shundan so’ng mehmonlar jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo’shgan benazir alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek rasadxonasi va muzeyiga bordi.
Bundan tashqari, delegasiya vakillari Samarqand qog’ozlari ishlab chiqarilish jarayonini o’z ko’zlari bilan ko’rdi.
- Qo'shildi: 12.09.2022
- Ko'rishlar: 4730
- Chop etish