Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari Ruanda Respublikasi poytaxti Kigali shahrida Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasining 288-sessiyasi o‘tkazildi.

Unda Parlamentlararo Ittifoq(PI)ning 145-Assambleyasi kun tartibi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Xususan, xalqaro va nodavlat tashkilotlarning PIga doimiy kuzatuvchi maqomini olish uchun taqdim etgan arizalarini ko‘rib chiqish, mintaqaviy ofislarini tashkil etish, PI va BMT o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda PIning 2023 yil uchun byudjetini ko‘rib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: 2019 yil 18 oktyabr kuni A.Saidov Parlamentlararo Ittifoqning Yevrosiyo guruhidan Parlamentlararo Ittifoqning Ijroiya Qo‘mitasi a’zoligiga saylangan edi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizga xalqaro parlamentlararo tuzilmalarining faoliyat maydonlaridan samarali foydalanish, o‘zaro manfaatli, uzoq muddatli, konstruktiv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish, ilg‘or amaliyot bilan tanishish, eng muhimi, O‘zbekiston manfaatlariga oid dolzarb masalalarni faol ilgari surish imkonini bermoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

 

Powered by GSpeech