Xalqaro hamjamiyat e’tirofi

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A. Saidov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Kigali shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 145-Assambleyasi ishida ishtirok etmoqda.

“Tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi harakatlanuvchi kuch sifatida gender tengligi va gender masalalarini inobatga oladigan parlamentlarning rolini yanada oshirish” mavzusidagi Assambleya ishining ikkinchi kunidagi yalpi majlisda A. Saidov nutq so‘zladi.

A.Saidov gender tengligiga erishish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi to‘g‘risida yalpi majlis ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Gender masalasi O‘zbekistonda davlatning ustuvor siyosat yo‘nalishi hisoblanishi, gender siyosatining qonunchilik va institutsional asoslarini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ishbilarmonlik hayotidagi o‘rni va faolligini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xalqaro tadbirda sohada amalga oshirilayotgan ishlar keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.

Assambleya o‘z ishini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti

 

Powered by GSpeech