Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

O‘ZBEKISTON RAHBARINING TASHABBUSLARI MARKAZIY OSIYO — YeI HAMKORLIGINI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining sammitdagi ishtiroki yakunlari va anjumandagi nutqida ilgari surilgan hamkorlikni rivojlantirishga doir muhim taklif hamda tashabbuslari xalqaro ijtimoiy­siyosiy, ekspert­tahlil doiralari vakillari tomonidan faol qo‘llab­quvvatlanmoqda.

Ilgar VELIZADE,

“Janubiy Kavkaz” siyosatshunoslar klubi rahbari (Ozarbayjon)

— “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti turli xalqaro kuch markazlarining ushbu mintaqaga qiziqishini namoyon etdi. Joriy yil boshida “Markaziy Osiyo — Xitoy”, oktyabr oyida “Markaziy Osiyo — Rossiya”, sentyabr oyida esa “Markaziy Osiyo — AQSh” shakllaridagi va boshqa sammitlar bo‘lib o‘tdi.

sammiti turli xalqaro kuch markazlarining ushbu mintaqaga qiziqishini namoyon etdi. Joriy yil boshida “Markaziy Osiyo — Xitoy”, oktyabr oyida “Markaziy Osiyo — Rossiya”, sentyabr oyida esa “Markaziy Osiyo — AQSh” shakllaridagi va boshqa sammitlar bo‘lib o‘tdi.

Shu ma’noda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Evropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha tashabbusi alohida e’tiborga loyiq-dir. Davlat rahbarining tashabbuslari ikki mintaqa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish, Markaziy Osiyo — YeI hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan.

Yeji BRILL,

Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert, “Polsha — Sharq” uyushmasi prezidenti, professor:

— Sammit shakllanayotgan yangi geosiyosiy tizim, dunyoning yetakchi kuchlarining siyosiy va iqtisodiy ahamiyatini qayta formatlash sharoi tida bo‘lib o‘tdi. Mazkur sammit Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ishonch va bir­biriga yaqinlashishni davom ettirishga bo‘lgan tayyorlik darajasini ko‘zdan kechirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, siyosat, savdo aloqalari, xalqaro huquq, ko‘p va ikki tomonlama institutlari o‘rtasida erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, sheriklik va hamkorlik bo‘yicha Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi institutsional shartnomalar tuzish imkoniyati sifatida qabul qilinmoqda.

Anjuman yakunlari ushbu shakl o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmaganini ko‘rsatdi. Yevropa Ittifoqi uchun, va albatta, Yevropaning har bir davlati uchun Markaziy Osiyo mintaqasi, birinchi navbatda, geoiqtisodiy jihatdan hamda tizimli munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Prezidenti sammitda so‘zga chiqib, Yevropa Ittifoqini “yashil” taraqqiyot, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, “aqlli” qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ta’limga ilg‘or uslublarni joriy etish, fundamental sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi. Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda amaliy hamkorlik muhimligi, Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish masalasida kelishilgan harakatlar va butun xalqaro hamjamiyatning real qo‘llab­quvvatlashi zarurligi ta’kidlandi. Ilgari surilgan tashabbuslar kuchli siyosiy iroda va zamonamizning eng dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” shakli doirasida ochiq, tizimli va samarali muloqotni faol rivojlantirish istagi borligidan dalolat beradi.

Siz bizning yaqin qo‘shnilarimizsiz, demak, o‘rtamizdagi muloqotni kelajakda yanada rivoj lantirish zarur. Ostona uchrashuvining mazmun­mohiyati va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlariga munosabati shundan iborat. Yevropa Markaziy Osiyo mintaqasini o‘zi uchun kerak bo‘lgan energiya, oziq­ovqat, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarga ega savdo sherigi sifatida ham biladi.

Yevropa Ittifoqining har bir davlati Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama asosda hamkorlik qiladi. Biroq bugungi kunda dunyo globallashmoqda va Yevropa Ittifoqi o‘zining tashqi chegaralariga, konsolidatsiyalashgan iqtisodiyotiga va umumiy huquqiy bazasiga ega. Bu noqonuniy migratsiya, odam savdosi, giyohvandlik vositalarining tarqalishi va boshqa tahdidlarga qarshi kurashishga ham tegishli.

Prezident Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish, mintaqadagi ichki va davlatlararo muammolarni hal etish, taraqqiyot yo‘lini ijobiy tomonga burish, to‘planib qolgan qarama­qarshiliklarni bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotganini yaxshi bilamiz. Bu tendensiyalar mintaqalarimizni barqaror rivoj lantirishga qaratilgan asosiy vazifalarga to‘liq mos keladi. Shuning uchun ham sammitda istiqboldagi rejalar, amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar, iqtisodiy va siyosiy muloqotni chuqurlashtirish haqida ochiq fikr almashildi.

Hikmet EREN,

“EkoAvrasya” Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi (Turkiya):

— “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammitini katta qiziqish bilan kuzatdim. Ma’lumki, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo respublikalari bilan faol hamkorlik qilib, ularning mustaqil rivojlanishini qo‘llab­quvvatlab kelmoqda. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi strategiyasi 2007 yilda qabul qilingan va 2019 yilda yangilangan.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligida iqtisodiy rivojlanish va siyosiy muloqotni faollashtirish muhim jihatlar bo‘lib, unda Bryussel fuqarolik jamiyati va parlamentlar ishtirokini ta’kidlaydi. Mintaqada barqarorlikni mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va islohotlar jarayoni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan munosabatlari bo‘yicha kun tartibining asosiy masalalari hisoblanadi. Demokratiya va qonun ustuvorligi ham Yevropa Ittifoqi uchun muhim mavzulardir.

O‘zbekiston Prezidentining faol mintaqaviy siyosati samarasida so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro munosabatlari tubdan o‘zgargani, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mazmundagi ko‘plab muammolar hal etilganiga e’tibor qaratish lozim.

Ishonchim komilki, Ostonada “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘z vaqtida o‘tkazildi va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan dolzarb masalalarni muhokama qilish ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi, Markaziy Osiyo da iqtisodiy taraqqiyot va barqarorlikni mus tahkamlashga xizmat qiladi.

“Dunyo” AA

Powered by GSpeech