2022 yil 2 noyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar uchun sayyor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulot yosh huquqshunoslarni Milliy markazning mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, qadr-qimmatini himoya qilish borasida olib borayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishi borasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va boshqa idoralar bilan o‘zaro hamkorligi, milliy ma’ruzalar tayyorlash bo‘yicha asosiy vazifalari to‘g‘risida axborot berildi. Shuningdek, yoshlar inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlariga oid ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 02.11.2022
- Ko'rishlar: 5306
- Chop etish