Quyi palataning navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasi tasdiqlandi

2022 yil 7 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari quyi palata faoliyatiga oid bir qator masalalarni ko‘rib chiqishdi.

Dastlab quyi palataning 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan majlisi kun tartibidan o‘rin olgan masalalar muhokama qilindi. Jumladan, “Er qa’ri to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan turli fikrlar bildirildi.

Ushbu hujjat bilan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomaning barcha turi konkurs orqali berilishi, istisno hollardagina to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali berilishi mustahkamlanmoqda va shu tariqa ruxsatnoma olish tartibi tubdan soddalashtirilmoqda.

Shuningdek, Kengash a’zolari “Davlat veterinariya nazorati hamda veterinariya sohasida ta’lim tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Izmir shartnomasini (Izmir, 1996 yil 14 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ham muhokama qilishdi.

Kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti

 

Powered by GSpeech